Italiyada 31 yil davomida komada yotgan ayol vafot etdi. U avtohalokatdan keyin kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda zamon.uz yozdi.
Voqea 1991 yil oxirida Rojdestvo bayrami arafasida sodir bo`lgan. Miriam Visintin mashinasida Venesiya yaqinidagi yo`lda ustunga urilgan. Ayol boshidan jarohat olgan va o`lim yoqasida edi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo`lishdi.
O`sha vaqtda Miriamning turmush qurganiga 1,5 yil bo`lgan edi. Uning eri Anjelo 30 yil davomida har kuni xotinini ko`rgani kelgan va deyarli hamma vaqtini u bilan o`tkazgan. U sevgilisining o`ziga kelishidan umidini hech qachon uzmagan.
"Foja yuz berganda biz yosh edik. Kelajak uchun rejalarimiz ko`p edi. U bolalarni juda yaxshi ko`rardi ”, — dedi Anjelo jurnalistlarga.






