AsosiyDunyo

Dushanbega qum bo`roni yopirildi

'Dushanbega qum bo`roni yopirildi'ning rasmi

Dushanbeni chang qopladi. Odatda poytaxtning istalgan joyidan ko`rinib turadigan tog` ko`rinmay qoldi. Shamol kuchaydi, iliq va sovuq oqimlar to`qnashdi – bu atmosfera havosining sifati keskin yomonlashishiga sabab bo`ldi.

Bunday ob-havo yurak-qon tomir va o`pka kasalliklari, diabet va gipertoniya, allergiya, astma kasalligi mavjud bo`lgan hamda yangi tug`ilgan chaqaloqlar ahvoliga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Sinoptiklarning ta`kidlashicha, mamlakatda chang bo`ronlari tez-tez uchraydi. Ilgari ular yozda sodir bo`lgan bo`lsa, endi bahorda bir necha marta yuzaga kelmoqda. Yog`ingarchilik kamaygan – hatto eng yomg`irli aprel va may oylarida ham yomg`ir etarlicha yog`madi. Dushanbe havo havzasida zarrachalarning bir kecha-kunduzdagi o`rtacha konsentrasiyasi 10 mikrongacha ortishi kuzatildi, deb xabar beradi mir24.tv.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar