1

Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmon bilan uchrashuv o`tkazdi

Siyosat 18.05.2023, 22:39
Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmon bilan uchrashuv o`tkazdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 may kuni Sian shahrida o`tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o`tkazdi.

O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Etakchilar iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`shma komissiyaning 12 may kuni Toshkent shahrida o`tgan navbatdagi yig`ilishining samarali yakunlarini yuksak baholadilar.

O`zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperasiyasi loyihalarini, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xo`jaligi, transport-kommunikasiya va boshqa tarmoqlarda ilgari surish bo`yicha qabul qilingan qarorlarni amalda bajarish muhimligi ta`kidlandi.

O`zbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo`lajak tadbirlar rejasini ko`rib chiqdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1