AsosiyDunyo

Turkiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichining yakuniy natijalari e`lon qilindi

'Turkiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichining yakuniy natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

Turkiya Oliy saylov kengashi mamlakatdagi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi yakuniy natijalarini e`lon qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Rajab Toyyib Erdo`g`on 49,52 foiz, Kamol Qilichdaro`g`li 44,88 foiz, Sinan O`g`an 5,17 foiz, Muharram Inje esa 0,43 foiz ovoz olgan.

Ikkinchi tur 28 may kuni bo`lib o`tadi.

Birinchi bo`lib chet elda va bojxona nazorat punktlarida TR fuqarolari ovoz berishadi. Xorijiy vakolatxonalarda ovoz berish 20 may kuni boshlanadi va besh kun ichida yakunlanadi. Bojxona punktlarida saylovchilar 28 may kuni soat 17:00 ga qadar ovoz berishlari mumkin.

Nomzodlar – mamlakatning amaldagi prezidenti, Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari Rajab Toyyib Erdo`g`on va Respublika xalq partiyasi raisi Kamol Qilichdoro`g`li birinchi turda bo`lgani kabi ikki marta televidenie orqali saylovoldi tashviqoti nutqi bilan chiqishadi.

Saylovoldi tashviqoti 27 may kuni soat 18:00 da yakunlanadi.

    Boshqa yangiliklar