AsosiyMadaniyat

Toshkentda “Evroosiyo”xalqaro teatr san`ati festivali o`z ishini boshladi

'Toshkentda “Evroosiyo”xalqaro teatr san`ati festivali o`z ishini boshladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2022 yil 2 fevraldagi PQ–112-son hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Evroosiyo”xalqaro teatr san`ati festivalini o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida” 2021 yil 23 apreldagi 235-son qarorlari ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan “Evroosiyo” xalqaro teatr san`ati festivali o`tkazilmoqda.  

​Festivalni tashkil etilishidan maqsad teatr san`ati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, O`zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarini, xalqlar o`rtasidagi do`stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, yagona madaniyat platformasini shakllantirish, teatr san`ati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirib, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish hamda teatr san`ati namoyondalarini birlashtirishdan iborat.

​Festival doirasida Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Rossiya, Belorusiya, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Turkmanistondan teatr jamoalari hamda respublikamiz  teatr jamoalarining spektakllari namoyish etiladi. Shuningdek, sohaning etakchi mutaxassislaridan iborat xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etilgan.​

​Bugun, 22 may kuni O`zbek Milliy akademik drama teatrida festival ochilish marosimi bo`lib o`tadi. So`ngra “Adolat fasli” spektakli namoyish etildi.

​23 may kuni G.Musrepov nomidagi Qozog`iston davlat bolalar va o`smirlar teatrining “Karagoz” spektakli vaTurkiya Eski shahar mustaqil teatrining “Qaytish” spektakllari namoyish etiladi.

​24 may kuni Ozarbayjon davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Voyna” va Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Qorqit” spektakllari namoyish etiladi.

​25 may kuni V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatrining “Ispoved Omara Xayyama”va O`zbekiston davlat drama teatrining “Romeo va Juletta” spektakllari namoyish etiladi.

​26 may kuni B.Kidikeeva nomidagi Qirg`iz davlat yoshlar teatrining “Umut” va Minsk shahar yangi drama teatrining “Varshavskaya melodiya” spektakllari namoyish etiladi.

​27 may kuni Buyuk Saparmurot Turkmanboshi nomidagi Turkmaniston bosh akademik drama teatrining “Umr daraxti” va Nodar Dumbadze nomidagi Tbilisi yosh tomoshabinlar teatrining “Noch i popugay” hamdaSankt-Peterburg Vasilev orolchasi davlat drama teatrining “Varshavskaya melodiya” spektakllari namoyish etiladi.

​Namoyish etilgan spektakllar turli yo`nalishlar bo`yicha ko`rib chiqiladi. Ekspertlar guruhi xulosasiga ko`ra, festival ishtirokchilari diplom (sertifikat), statuetka va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi.

​28 may kuni A.Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida davra suhbati, kofe-breyk, so`ngra “Turkiston” san`at saroyida festivalning yopilish va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi. ​

    Boshqa yangiliklar