AsosiyMadaniyat

Kushonlar qaysi tilda so`zlashgan?

'Kushonlar qaysi tilda so`zlashgan?'ning rasmi

Iskandar Maqduniy saltanatining vorisi o`laroq yuzaga kelgan Yunon-Baqtriya davlati inqirozga yuz tutgan paytda Sharqdan yuechjilar atalmish qavm kirib kelgan va uning etakchilari mintaqada boshqaruvni qo`lga olgan.

Ba`zi manbalarda yuechjilarning Garay ismli sarkardasi ushbu davlatga asos solgani yozilsa, boshqa ma`lumotlarga ko`ra, milodiy 20-yilda Guyshuan qabilasi etakchisi Kudzula Kadfiz beshta yirik qabilani birlashtirib, taxtga o`tirishi bilan Kushon saltanatiga asos solingani aytiladi. 

Kushonlarning kelib chiqishi, tili haqida hozir ham turli fikrlar mavjud. Ko`pgina olimlar ularning tili sharqiy-eroniy tillar guruhiga mansub bo`lgan, degan fikrda.

Shuningdek, ular turklarning qadimiy ajdodlari ekanligi haqida ham ma`lumotlar uchraydi. Chunki, Kudzula Kadfiz shohlar-shohi –  ”yabg`u” unvoniga sazovor bo`lgan. Bu Sharqiy turk hoqonlarining ham unvoni. Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`otit-turk” asaridagi “yabg`u” atamasi Kushon tangalarida ham uchraydi.

Ma`lumot uchun, “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi bosh homiysi –   ”Eriell Group“ neft xizmatlari kompaniyasi.       

    Boshqa yangiliklar