AsosiyDunyo

21-27 may kunlari dunyo bo`ylab Turk oshxonasi haftaligi bo`lib o`tadi

'21-27 may kunlari dunyo bo`ylab Turk oshxonasi haftaligi bo`lib o`tadi'ning rasmi

21-27 may kunlari o`nlab turli taraqqiyot izlarini o`zida mujassam etgan, unumdor geografiya va boy tarixdan oziqlangan turk gastronomiyasining keng ko`lamli Turk oshxonasi haftaligi bo`lib o`tadi. Bu yil ikkinchi marta bo`lib o`tadigan Turk oshxonasi haftaligida YuNESKO ijodiy shaharlar tarmog`i tomonidan belgilangan "Dunyoning 26-gastronomiya shahri" Hatayning mintaqaviy taomlariga urg`u berilishi bilan bir qatorda, Turk taomlarini tayyorlashda ortiqcha chiqindilar chiqishiga yo`l qo`ymaslikka ham alohida e`tibor qaratilgan.

Turk oshxonasi haftaligi Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Turkiyaning dunyo bo`ylab diplomatik vakolatxonalari Hatay oshxonasining o`ziga xos ta`mini ​​targ`ib qilish maqsadida turli tadbirlar va ijtimoiy media kampaniyalarini o`tkazmoqda.

Turk oshxonasining qadimiy, barqaror, chiqindisiz, sog`lom va davomiy an`analari

Turk oshxonasi haftaligi tadbirlari ishtirokchilari mahalliy mahsulotlar va an`anaviy pishirish usullaridan foydalangan holda, Hatayning mahalliy taomlarini tayyorlaydilar va qadimgi barqaror turk oshxonasi bilan batafsil tanishib chiqadilar. Shu bilan birga, ular turk oshxonasining boy biologik xilma-xilligi va uning turli xil ovqatlanish, eyish-ichish tamoyillariga javob berishga tayyorligi va salohiyati haqida ma`lumot olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ishtirokchilar turk oshxonasining barqaror va chiqindisiz yondashuvga asoslangan pishirish metodologiyasi bilan amaliy tajribaga ega bo`ladilar. Sog`lom va davomiy turk reseptlari ishtirokchilarni birlik va birdamlik, shuningdek, madaniy barqarorlik tuyg`ulari ila tuzilgan “turkcha taomlanish” marosimlari doirasida birlashtiradi. Tadbir davomida mehmonlarga turk qahvasi, turk choyi, lokumlar va boshqa lazzatlar taqdim etiladi.

Hatay madaniyatlar o`chog`i

Bu yilgi Turk oshxonasi haftaligining dunyo miqyosidagi tadbirlarida Hatay oshxonasining lazzatlariga bag`ishlangan o`ziga xos taomnoma taqdim etiladi. Gastronomiya sohasida YuNESKO Ijodiy shaharlar tarmog`ining bir qismi bo`lgan Hatay, beqiyos oshxonasi bilan e`tiborni tortadigan Turkiya shaharlaridan biridir. Hatay oshxonasi O`rta Er dengizi iqlimi hukmron bo`lgan unumdor tuproqlarda etishtirilgan yuqori sifatli zaytun moyi va don, dukkakli ekinlar, sabzavotlar, mevalar, mahalliy o`tlar va ziravorlarni birlashtirgan holda mo``jizalar yaratadi.

Tarix davomida turli sivilizasiyalarga mezbonlik qilgan shaharning oshpazlik merosi o`ziga xos nonushta va yuzlab taomlari bilan diqqatni tortadi. Turk oshxonasi haftaligi doirasida tayyorlanadigan Hatay taomlar ro`yxatida “biberli ekmek” (qizil murch pastasi qo`shilgan non), “zaytun salati”, «hummus», «kisir» (bulg`ur salati), “tepsi kabob” (tandirda pishirilgan kabob) va «kunefe» (pishloqli shirinlik)lar mavjud. 

Ikkinchi marta bo`lib o`tadigan Turk oshxonasi haftaligida YuNESKO ijodiy shaharlar tarmog`i tomonidan belgilangan "Dunyoning 26-gastronomiya shahri" Hatayning mintaqaviy taomlariga urg`u beriladi.

    Boshqa yangiliklar