Nyu-Yorkdagi Turkiya Bosh konsulligi joylashgan Manhetten hududida, prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga ovoz berish jarayoni o`tayotgan “Turk uyi”ga hujum uyushtirildi. Hujumchilar binoning kiraverishdagi derazalarni sindirishgan. Bu haqda dushanba kuni Turkiya telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum “terrorchilar tarafdorlari” tomonidan amalga oshirilgan.
Xabarlarga ko`ra, bir kishi 03:14 atrofida binoga hujum qilgan. U oynani lom yoki armatura bo`lagi bilan sindirdi. Turkiya tomoni Nyu-York polisiyasi bilan bog`langan. Bino atrofi o`rab olingan, hozirda tergov ishlari boshlangan.






