Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanida qidiruvda bo`lgan 58 yoshli O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ayol 21 may kuni kechki soat 7 larda Kolomyajskiy prospektida qo`lga olingan.
U 2020 yil avgust oyida do`stining kvartirasini aldov yo`li bilan 3500 dollarga sotib, pulni o`z foydasiga o`zlashtirib yuborgani uchun davlatlararo qidiruvda bo`lgan. Ayblanuvchi 8 may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan.






