AsosiyJamiyat

Bugun erda juda kuchli magnit bo`roni yuz beradi

'Bugun erda juda kuchli magnit bo`roni yuz beradi'ning rasmi

Shu kunlarda erda kuchli magnit bo`roni kuzatiladi. Bu esa aloqa tizimlari va inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Mutaxassislar sog`lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishni tavsiya qilmoqda. Zarurat tug`ilsa, shifokorlardan yordam so`rang.

23-26 may kunlari erni eng kuchli magnit bo`roni qamrab oladi va ertaga, 24 may kuni maksimal quvvati 5 ballga etadi.

Mutaxassislarning fikriga ko`ra, magnit bo`ronlar aloqa tizimlarining ishlashiga va ayniqsa, ob-havoga ta`sirchan, ipertoniya bilan og`rigan kishilarning salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Magnit bo`roniga duchor bo`lganlarga sog`lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish, jumladan, qahva, spirtli ichimliklar, energetik ichimliklar va tamaki mahsulotlaridan voz kechishni tavsiya etiladi.

Agar kishi o`zini juda yomon his qilsa, shifokorga murojaat qilishi lozim. Shuningdek, ko`proq suv, ko`k choy ichishni va ayniqsa stressli vaziyatlardan uzoqroq yurishni tavsiya qilishmoqda.

Eslatib o`tamiz, magnit bo`ronlari may oyining oxirigacha davom etadi. Jumladan, 28 may, yakshanba kuni 4 ballik magnit bo`roni sodir bo`lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar