Turkiyadagi sanoat fabrikalaridan birida vafot etgan ishchining O`zbekiston fuqarosi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi holatga izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, Turkiyaning DHA nashri Duzje shahridagi sanoat zonalaridan biridagi fabrikada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda parda tikadigan mashina mexanizmi orasida qisilib qolishi oqibatida O`zbekiston fuqarosining vafot etgani haqida xabar e`lon qilgan.
Agentlikning Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan o`rganishlar natijasida ma`lum bo`lishicha, DHA tomonidan e`lon qilingan xabar o`z tasdig`ini topmagan.
Duzje viloyati xorijiy fuqarolar mayiti saqlanadigan morg bo`limi taqdim etgan ma`lumotlaridan DHA’da vafot etgani aytilgan shaxs Afg`oniston fuqarosi ekani aniqlangan.






