O`zbekiston demokratiya darajasida Qozog`iston va Qirg`izistondan ortda qoldi

Dunyo 25.05.2023, 12:21
O`zbekiston demokratiya darajasida Qozog`iston va Qirg`izistondan ortda qoldi

Demokratiya va inson huquqlari bo`yicha Freedom House xalqaro tashkiloti yangi reytingni e`lon qildi. Unda Markaziy Osiyoning barcha davlatlari “avtoritarizm kuchaygan” davlatlar sifatida keltirildi. Bu haqda tashkilot saytida keltirilgan.

Yangi reytingga ko`ra, ro`yxatdagi Belarus, Ozarbayjon, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining hukumatlari har qanday davlatning aholining jismoniy xavfsizligini himoya qilish bo`yicha asosiy majburiyatidan voz kechib, ko`plab fuqarolarning hayoti va xavfsizligiga to`g`ridan-to`g`ri tahdid solmoqda.

Shuningdek, O`zbekistonning demokratiya darajasi Rossiya va Belarus kabi davlatlardan yuqoriroq darajada qayd etilgan. Ammo bu reytingda O`zbekiston Qozog`iston va Qirg`iziston kabi davlatlardan orqada qolgan.

Reytingda 29 davlatdan sakkiztasi eng yomon “o`rnashib qolgan avtoritar” toifasida qolgan.

Freedom House yillik hisobotida Evropa, Bolqon va Evroosiyodagi sobiq kommunistik lager mamlakatlaridagi demokratiya darajasini baholaydi.

Ma`lumot uchun, vaziyat milliy demokratik boshqaruv, saylov jarayoni, fuqarolik jamiyati, mustaqil ommaviy axborot vositalari, mahalliy demokratik boshqaruv va korrupsiya kabi toifalarda baholanadi. Har bir toifa 1 dan 7 gacha bo`lgan shkala bo`yicha baholanadi, o`rtacha 7 ball eng yuqori va 1 eng past hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1