Eramizdan avvalgi 329 yilda Iskandar Maqduniy qo`shini O`rta Osiyoga kirib kelgan.
Iskandar vafotidan so`ng eramizdan avvalgi 312 yilda uning sarkardasi Salavk I Nikator hukmronligi davri boshlangan. O`rta Osiyoning janubiy muzofotlari, shu jumladan, Baqtriya va Sug`diyona ham salavkiylar tomonidan nazorat qilingan.
Salavk I ning o`g`li Antiox (eramizgacha bo`lgan 281-261 y) davrida Baqtriyada zarbxona tashkil etilgan.
Chamasi, Sug`ddagi xususiy zarbxona ham aynan Salavkiylar davrida paydo bo`lgan. Bu to`g`risida Antiox I yoki Antiox II tomonidan eramizdan avvalgi 261 – 246 yillarda zarb etilgan mis tangalar guvohlik beradi.
Manba: “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” nashri 15-jildi “Davlat Ermitaji to`plami”.
Loyiha bosh homiysi "Eriell Group" neft xizmatlari kompaniyasi.






