AsosiyDunyo

Turkiyada Evropa megalitik madaniyat yo`nalishi sayyohlarni nimasi bilan jalb qiladi

'Turkiyada Evropa megalitik madaniyat yo`nalishi sayyohlarni nimasi bilan jalb qiladi'ning rasmi

Evropa megalitik madaniyat yo`nalishi - Evropa Kengashining madaniy tarmoqlaridan biri bo`lib, u betakror tabiat va o`ziga xos manzillarni mujassam etgan, miloddan avvalgi tosh majmualar – yodgorliklar, maqbaralar, qadimgi jamoalar tomonidan insho etilgan ziyoratgohlarni ko`rish imkonini beradi hamda qadim o`tmishning g`ayrioddiy izlarini o`zida aks ettiradi.

Turkiyaning mashhur tarixiy markazi Go`beklitepa ushbu madaniy yo`l tarmog`iga yangi ishtirokchi sifatida ro`yxatga olindi. 1990 yillarda topilgan va qazish ishlari uzluksiz davom etadigan Go`beklitepa manzilgohi, dunyoda eng muhim va eng ko`p muhokama qilinadigan arxeologik yodgorliklardan biri sifatida ajralib turadi. Chunki u neolit ​​davriga tegishli bo`lib, kulolchilik, metallurgiya, yozuv, g`ildiraklar, qishloq xo`jaligidan oldingi davrni ko`z o`ngimizda jonlantirishi bilan barchani birdek hayratga soladi.

Go`beklitepa, Shanliurfa shahar markazidan 20 km shimoli-sharqda joylashgan hududda yoki uning yaqinida hech qanday aholi punkti bo`lmagani uchun o`troq hayotiga doir mavjud nazariyalar va adabiyotlarni shubha ostiga qo`yganhaqiqatdir...12.000 yil davomida ovchi-yig`uvchilar tomonidan insho etilgan haykallar, T shaklidagi ustunlar, releflar, totemlar va boshqa ko`plab tosh o`ymakorligi namunalari mavjud bo`lgan turli xonalardan iborat muqaddas markazdir.

So`nggi paytlarda olib borilgan izlanishlar nuqtai nazaridan, mintaqada xuddi shu davrga oid o`xshash manzilgohlarning mavjudligi ushbu noyob madaniy merosning bebaho qadriyatini yanada boyitishi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar