1

Sug`urta kompaniyasi qanday hollarda zararni qoplaydi?

Savol-javob 10.10.2016, 11:25
Teglar: Avto
Sug`urta kompaniyasi qanday hollarda zararni qoplaydi?

20 yildan buyon uyimning barcha soliq va sug`urta to`lovini to`lab kelaman. Hozir uyim zilzila va yog`ingarchiliklar sabab ancha zarar ko`rgan. Mazkur zararni qoplash uchun sug`urta kompaniyasiga murojaat qilsam bo`ladimi?Aslida sug`urta qanday maqsadlar uchun tuziladi? Zararni qanday tartibda qoplab berishadi? Shular haqida ma`lumot bersangiz...

Shokir Karimov, G`uzor tumani

SUG`URTA O`ZARO KELIShUVGA KO`RA TUZILADI

Ortiqxo`ja NOROV, “O`zbekinvest” sug`urta kompaniyasi matbuot xizmati boshlig`i:

  • Eng avvalo shuni aytish kerakki, sug`urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari mavjud. Uy-joy sug`urtasi ixtiyoriy ravishda, mijozning mulkiy manfaatidan kelib chiqib, tomonlarning o`zaro kelishuviga ko`ra amalga oshiriladi. Bunda uy-joy mulk sifatida qaraladi. Uy-joyning o`zi yoki unda mavjud jihozlar ham sug`urta himoyasiga olinishi mumkin. Sug`urta himoyasiga olinyotgan mol-mulk ro`yxati shartnomaga ilova qilinadi.

QAERDA SUG`URTA QILINADI?

  • Jismoniy yoki yuridik shaxs uy-joyini sug`urta qildirmoqchi bo`lsa, avvalo sug`urta kompaniyalar yoki ularning hududiy filiallari, sug`urta bo`linmalari yoki sug`urta agentlariga murojaat qilishi mumkin. Sug`urta qildirish istagidagi shaxslarga sug`urta shartlari va uy-joyni sug`urta qildirish bilan bog`liq ma`lumotlar tushuntiriladi.

SUG`URTA  ShARTNOMASIShARTLARI

  • Sug`urta shartnomasitomonlarning kelishuvi asosida tuzilib, unda ehtimoli mavjud qaltisliklar va belgilanadigan sug`urta hodisalari ko`rsatiladi. Xususan ushbu shartnomada sug`urta hodisalari sodir bo`lganda, ya`ni tabiiy ofat, yong`in, portlash, suv va issiqlik quvurlari hamda oqava tizimlarining avariyasi, uchinchi shaxslarning noqonuniy hatti-harakatlari oqibatida etkaziladigan zarar sug`urta himoyasiga olinishi ko`zda tutiladi. Shuningdek, sug`urta mukofoti, ya`ni sug`urta uchun to`lov mijoz (sug`urtalanuvchi) tomonidan to`langach sug`urta polisi berilishi va shu so`ng sug`urta shartnomasi kuchga kirishi belgilangan. Sug`urta mukofoti bank orqali kompaniya hisob raqamiga to`lanadi.

ZARAR ETGANDA,SUG`URTALANGAN ShAXSNING HATTI-HARAKATIVA SUG`URTA QOPLAMASI TO`LAB BERILIShI.

 

  • Mulkni sug`urtalash bo`yicha shartnomaga asosan sug`urtalangan shaxs sug`urta hodisasi yuz berishi bilan, ya`ni o`ziga ma`lum bo`lishi bilan, bu haqda darhol sug`urta kompaniyasi yoki uning vakiliga xabar berishi shart. Agar shartnomada xabar qilish muddati yoki usuli nazarda tutilgan bo`lsa, ushbu shartlar bo`yicha belgilangan  muddatda va ko`rsatilgan usulda amalga oshiriladi. Agar sug`urtalangan shaxs yoki uning murosxo`ri, ya`ni shartnomada ko`rsatilgan naf oluvchining foydasiga tuzilgan shartnoma bo`yicha sug`urta qoplamasi sug`urta hodisasini tan olinganligi tasdiqlovchi dalolatnoma imzolangandan keyin 5 bank ish kunida to`lab beriladi.

Sug`urtaning bu turida tabiiy ofat, yong`in, portlash, suv va issiqlik quvurlari hamda oqava tizimlarining avariyasi, uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida etkazilgan zarar shartnomada kelishilgan sug`urta tashkilotining majburiyatlari doirasida qoplab beriladi.

Agar sug`urtalangan shaxsning vafoti yoki uning sog`lig`iga zarar etkazilishi sug`urta hodisasi bo`lsa, tegishli ravishda shaxsiy sug`urta shartnomasiga nisbatan qo`llaniladi. Bunda sug`urtalovchini xabardor qilishning shartnomada belgilanadigan muddati yigirma kundan kam bo`lishi mumkin emas.

 

15 KUN IChIDA JAVOB BERILADI, YoKI...

Sug`urta tashkilotining sug`urta qoplamasini to`lashni rad etish to`g`risidagi qarori sug`urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ular sug`urta qoplamasini to`lashni so`rab murojaat etganlaridan keyin o`n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi yoki rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o`z ichiga olgan bo`lishi lozim.

Sug`urtalovchining sug`urta qoplamasini to`lashni rad etishiga qarshi unga nisbatan sudda da`vo qo`zg`atish yo`li bilan e`tiroz bildirilishi mumkin.

Sharhlar

FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

12.05.2020, 20:18

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga...
​QULAGAN DARAXTLAR VA UChGAN TOMLAR: ShIDDATLI ShAMOLNING OQIBATLARI (FOTO, VIDEO)

18.10.2017, 12:10

Kuni kecha soat chamasi 22:00 larda O`zbekiston hududiga kirib kelgan antisiklon orqasidan shiddatli shamol, yomg`ir va sezilarli sovuq harorat olib kirdi. Kuchli shamol poytaxtlik avtomobilchilarga...
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

30.09.2017, 09:32

GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat...
​ TOShKENTDA MOTOSIKLNING KAMAZGA BORIB URILIShI OQIBATIDA YoSh YIGIT HALOK BO`LDI(FOTO)

28.08.2017, 11:35

Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida oqibati o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Facebook`ning "Voditeli tashkenta" guruhida ma`lum qilinishicha, "Botkino" yaqinidagi yo`lda KamAz yuk mashinasi va motosikl...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1