1

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi

Dunyo 29.05.2023, 14:01
Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi

Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko`rib chiqmoqda. Ta`minotning cheklanishi Rossiyadan to`rt oy ichida 327,8 million litr benzinni har litri uchun 4579 so`mdan import qilgan O`zbekistonga ta`sir qilishi mumkin. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz"/

Reuters agentligi yaqinda tanqislikning oldini olish uchun Rossiya hukumati eksportga taqiq qo`yish va tovar birjasida benzinni majburiy sotish hajmini oshirish imkoniyatini ko`rib chiqayotgani haqida yozgan. Biroq vazirning aytishicha, faqat eksportni qisqartirish masalasi muhokama qilinmoqda. Uning qo`shimcha qilishicha, Energetika vazirligi tez orada yoqilg`i bozoridagi vaziyatni baholaydi va benzin va dizel yonilg`isi eksportini cheklash bo`yicha takliflar kiritadi.

«Biz ’taqiq‘ so`zini ishlatmayapmiz, balki cheklovlar haqida gapiryapmiz. Energetika vazirligi kompaniyalarimizga etkazib berishni ko`paytirish va eksportni kamaytirish bo`yicha tavsiyalar beradi, lekin taqiq emas. Chakana narxlar hozirda barqaror va biz yonilg`i quyish shoxobchalarining yalpi marjasi yuqori darajada qolayotganini ko`rib turibmiz, shuning uchun chakana savdoda bunday o`zgarish bo`lishi kutilmayapti», — dedi Shulginov. 

Bundan tashqari,«RBK» xabariga ko`ra, Rossiyada birja savdolarida benzin narxi bir necha oydan beri oshib bormoqda. May oyida Rossiyaning Evropa qismida Ai-95 benzinining birja narxi bir necha marta rekordlarni yangiladi. Oxirgi tarixiy rekord 17 may kuni bir tonna uchun 61 409 rubl (768 dollar) o`rnatildi. Energetika vazirligi matbuot xizmatining nashrga ma`lum qilishicha, Ai-95 birja narxlarining oshishi chakana savdoda benzin narxiga jiddiy ta`sir ko`rsatmaydi: neftni qayta ishlash zavodidagi ta`mirlash mavsumi oldidan yonilg`i zaxiralari yaratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1