1

Mavsumga tavsiya: Grippga qarshi vaksina kasallikdan himoya qiladimi?

Salomatlik 10.10.2016, 14:06
Teglar: Salomatlik, Tibbiyot
Mavsumga tavsiya: Grippga qarshi vaksina kasallikdan himoya qiladimi?

Emlanganlar“gripp”bo`lmaydimi?

Yaqinda turmush o`rtog`imning ish joyidan grippga qarshi emlashdi. Endi bolalarimni ham emlatmoqchi edim. Biroq grippga qarshi emlash haqida deyarli tushunchaga ega emasman. Necha yoshdan mumkin, qancha vaqt  kasallikdan himoya qiladi. Shu haqida batafsil ma`lumot bersangiz...

Komila A. Toshkent shahri

Darhaqiqat, havo harorati soviy boshlashi bilan barcha, ayniqsa bolalarning shamollashi, xususan gripp kasalligi keng avj ola boshlaydi. Bunday holatda har kim o`zi bilgan va sinalgan usullardan foydalanib, kasalikka qarshi kurashadi. Biz ham yuqoridagi murojaatdan kelib chiqqan holda grippga qarshi emlash borasidagi bir qancha savollarga soha mutaxassisi yordamida oydinlik kiritamiz. 

Noyabr-mart — gripp mavsumi
D.Tursunova,Sog`likni Saqlash Vazirligi Sanitariya epidemilogiya nazorati Bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:  

— Gripp eng keng va tez tarqaladigan o`tkir yuqumli kasallik bo`lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarda uchraydi va gripp virusining A, V va S turlari mavjud. Bu kasallik uchun mavsumiylik xos bo`lib, asosan kuz va qish oylarida ko`p ro`yxatga olinadi. Gripp kasalligi ko`rsatkichlarini mavsumiy ko`tarilishi yilning noyabr - mart oylariga to`g`ri keladi. Ayni paytda grippdan himoyalanishning eng samarali yo`li bu kasalikka qarshi emlashdir. 

Reslublikamizda grippga karshi emlash 1970 yillarda boshlangan bo`lib, u vaqtda kasalikkaqarshi vaksina faqat intronazal, ya`ni burun orqali tomizilgan. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida hozirgi kunda vaksinalarning yangi turlari ishlab chiqarilgan va aholi orasida grippga qarshi emlash yildan yilga ortib bormoqda.

Kimlar emlanishi mumkin?
—  Eng avvalo shuni aytish kerakki, gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil, ayniqsa zaif, nimjon, ya`ni immun holati past bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bo`lganlarda ya`ni immuniteti past kishilarda tez rivojlanadi va og`ir kechadi. Shundan kelib chiqib, emlashga biror tibbiy cheklovlar bo`lmasa, 6 oylik chaqaloqdan boshlab barcha yoshdagi fuqarolarni emlash mumkin.

“Grippga qarshi vaksinani qaerdan olish mumkin?”, “Vaksinaning narxi qancha?” va shu kabi boshqa savollarga “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 41-sonida javob olishingiz mumkin.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

29.03.2021, 18:15

Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba...
Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

09.11.2019, 23:59

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1