AsosiyDunyo

Kanadada o`rmon yong`inlari yuz berdi

'Kanadada o`rmon yong`inlari yuz berdi'ning rasmi

Kanada o`rmon yong`inlari yuz berdi. Oqibatda Galifaks shahri ma`muriyati favqulodda holat e`lon qildi. 

Galifaks shahrida o`rmon yong`inlari oqibatida o`nlab uylar vayronaga aylandi. Qurg`oqchilik va kuchli shamol yong`inni to`xtatishga to`sqinlik qildi. Bir necha kundan buyon o`t o`chiruvchilar yong`inga qarshi kurash olib borishdi, biroq hozircha natija bo`lmadi.

Yong`in 798 gektar maydonni qamrab oldi. Galifaksdagi yong`inlar elektr ta`minotida uzilishlarga sabab bo`ldi va bir qancha maktablarni yopishga to`g`ri keldi. O`n minglab fuqaro xavfsiz joylarga ko`chirildi. Ular uchun vaqtinchalik yashash joylari tashkil etildi.

“Yong`inni nazorat qilib bo`lmayapti. Ammo o`t o`chiruvchilar, aviasiya bo`linmalarining sa`y-harakatlari tufayli biz yong`inning yanada tarqalib ketishining oldini oldik”, dedi Galifaks mintaqaviy yong`in va favqulodda vaziyatlar xizmati boshlig`i o`rinbosari Devid Meldram.

O`t o`chiruvchilar hududni yong`indan xalos qilishga urinmoqda. Ular nafaqat o`z kuchlariga tayanmoqda, balki shamolning tinishiga ham umid qilmoqda. Shamol tez orada yo`nalishini o`zgartirishi va tinishi mumkin. Hozircha favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. U etti kun davomida amal qilishi ko`zda tutilgan, deb xabar bermoqda mir24.tv.

    Boshqa yangiliklar