Indoneziyaning Bali orolida xalqaro narkotik savdosi bilan shug`ullanuvchilar tarmog`i fosh etildi hamda ushbu jinoyatda gumonlanib, Rossiya va O`zbekistonning bir necha fuqarolari hibsga olindi. Bu haqda Bali polisiyasiga tayanib, Indoneziyaning "Kompas" portali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hibsga olinganlarning ikki nafari rossiyalik, shuningdek, O`zbekistonning ikki fuqarosi A.B. va M.X. ham hibsga olingan.
“Polisiya xodimlari 1678 gramm marixuana, 67 gramm gashish va uchta pnevmatik to`pponcha ko`rinishidagi dalillarni musodara qilgan. A.B. ko`rsatma olganini va buyurtma bergan xorijliklarga giyohvand moddalar etkazib berganini tan oldi”, deb yozgan manba.
Keyinchalik, o`zbekistonlik M.X. Kerobokan tumanidagi villalardan birida polisiya tomonidan qo`lga olingan. Xodimlar ushlangan shaxsdan marixuana, gashish va kokainni musodara qilgan.






