Qirg`iziston yuqori kengash deputatlari “Qirg`iziston Respublikasining davlat tili to`g`risida”gi konstitusiyaviy qonun loyihasini qabul qilishdi.
Qonun loyihasi davlat tilidan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilash va davlat tili siyosatini amalga oshirishga qaratilgan.
Unga ko`ra, davlat tilidagi rasmiy hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar asl nusxa hisoblanadi.
Bundan tashqari, qirg`iz tilini o`rta darajada (B1) bilmaydigan fuqarolar davlat va kommunal xizmatda ishlay olmaydi.
Shuningdek, qonun loyihasiga ko`ra, teleradiokompaniyalar ko`rsatuvlarning yarmidan ko`pini qirg`iz tilida tayyorlashi kerak. Veb-saytlarning qirg`iz tilidagi versiyalarida esa boshqa tillardagi versiyalardan kam bo`lmagan ma`lumotlar bo`lishi kerak.






