1

Bloomberg dunyoning eng boy odamlarining yangilangan reytingini e`lon qildi

Dunyo 01.06.2023, 16:42
Bloomberg dunyoning eng boy odamlarining yangilangan reytingini e`lon qildi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Bloomberg talqini bo`yicha dunyoning eng boy odamlari ro`yxatida yana birinchi o`rinni egalladi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda. 

Bloomberg Billionaires Index ma`lumotlariga ko`ra, tadbirkorning boyligi 192 milliard dollarni tashkil etadi. LVMH guruhi egasi Bernard Arno esa 187 milliard dollar boyligi bilan ikkinchi o`ringa tushib qoldi.

Shu bilan birga, Forbes talqini bo`yicha Arno 215 milliard dollar boyligi bilan hamon sayyoradagi eng boy odam bo`lib qolmoqda. Mask 200 milliard dollar bilan ikkinchi o`rinda.

Bloomberg reytingida Arno 2022 yil dekabrda texnologiya sanoatidagi qiyinchiliklar fonida Maskdan o`zib ketgandi. LVMH aksiyalari Parijdagi Euronext birjasida 2,6 foizga arzonlashgach, u reytingda etakchilikni yo`qotdi. 

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, LVMH aksiyalari aprel oyidan beri taxminan 10 foizga tushib ketdi. Eng katta pasayishlardan biri 24 may kuni qayd etildi — o`sha sutkada Arnoning boyligi 11,2 milliard dollarga kamaydi. Bozorda AQSh iqtisodiyotining zaiflashishi bunday mahsulotlarga (LVMH — Louis Vuitton, Moet & Chandon, Christian Dior, Fendi, Givenchy va boshqa hashamatli brendlarni o`z ichiga oladi) bo`lgan talabni kamaytiradi, degan xavotirlar fonida kompaniyalar aksiyalari tushmoqda. 

Mask bu yil 55,3 milliard dollardan ortiq ishladi, buning asosiy qismi Tesla hissasiga to`g`ri keladi, uning aksiyalari yil boshidan 66 foizga oshgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1