AsosiySport

Lionel Messi "PSJ"ni tark etadi

'Lionel Messi "PSJ"ni tark etadi'ning rasmi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi 2 yillik faoliyatidan so`ng "PSJ"ni tark etadi. Bu haqda jamoa bosh murabbiysi Kristof Galte ma`lum qildi.

"Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi bilan birga ishlash sharafiga muyassar bo`ldim. Klermonga qarshi o`yin Messi uchun "Park de Prens"dagi so`nggi o`yin bo`ladi. Uni yaxshi kutib olishadi, deb umid qilaman, — deydi Galte.

35 yoshli Leo joriy mavsum Fransiya chempionatida 31 ta uchrashuv o`tkazib, 16 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

    Boshqa yangiliklar