AsosiyMoziydan sado

Bo`yra, namat, kigiz – gilamning ajdodlari

'Bo`yra, namat, kigiz – gilamning ajdodlari'ning rasmi

Odamlar qadim zamonlarda dastlab tuproq va zahdan saqlovchi qamish, zig`ir poyalaridan to`qilgan bo`yradan foydalanganlar. Hatto kanop, qichitqi o`t kabilardan ham to`shamalar to`qilgan.

Hayot rivojlandi. Bo`yradan sifatli va “umri” uzoqroq bo`lgan kigiz, palos, namatlar paydo bo`ldi. Ular jundan bosib tayyorlangan, ayniqsa, chorvachilik rivojlangan mintaqalarda  keng ommalashgan. 

Jun iplar paydo bo`lishi Markaziy Osiyoda gilamdo`zlikning rivojlanishida tub burilish yasadi.

Hali tasviriy san`at qoyatoshlardagi suratlar shaklida bo`lganida ham gilamdo`zlik bor edi. Gilam uyni yomon nazarlardan asragan. Gilamdan o`tovlar yasalib, insonga boshpana bo`lgan. Tarixga poyondoz, dunyoga mashhur san`atni avlodlarga etkazish muhimdir.

Manba: “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” nashri “O`zbekiston gilamdo`zligi: asrlarga tengdosh an`ana” kitob-albomi, XIV jild. Loyiha homiysi –"ErieiGroup".

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron shahanshohining o`zbek tilidagi farmoni'ning rasmi

    Moziydan sado 17.02.2024 23:35

    'Bobur sirg`a taqqanmi?'ning rasmi

    Moziydan sado 13.02.2024 23:27

    'Sayyid Olimxon: G`ariblikda jon bergan amir'ning rasmi

    Moziydan sado 04.02.2024 23:42

    'Behbudiyning qabri qaerda?'ning rasmi

    Moziydan sado 27.01.2024 22:58