1

Ertaga velomarafon sabab Toshkentdagi ayrim ko`chalar vaqtincha yopiladi

Sport 03.06.2023, 09:22
Ertaga velomarafon sabab Toshkentdagi ayrim ko`chalar vaqtincha yopiladi

Bugun, 3 iyun Butunjahon velosiped kuni. Shu munosabati bilan velomarafon o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 4 iyun kuni soat 8:00 dan 11:00 ga qadar bir necha ko`chalar yopiladi. Xususan:

•  Abay ko`chasi Abdulla Qodiriy ko`chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy ko`chasi kesishmasigacha;

Olmazor ko`chasi Alisher Navoiy ko`chasi bilan kesishmasidan “O`zbekiston” metro bekatigacha;

• Afrosiyob ko`chasi “O`zbekiston” metro bekatidan Nukus ko`chasi bilan kesishmasigacha;

• Nukus ko`chasi Afrosiyob ko`chasi bilan kesishmasidan Farg`ona yo`li ko`chasi kesishmasigacha;

• Abdulla Qodiriy ko`chasi Farg`ona yo`li ko`chasi bilan kesishmasidan Abay ko`chasi kesishmasigacha.

Hokimlik haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1