AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi futbol klublari va boshqa futbol tashkilotlari barcha soliqlardan ozod qilinadi

'O`zbekistondagi futbol klublari va boshqa futbol tashkilotlari barcha soliqlardan ozod qilinadi'ning rasmi

Senatning 41-yalpi majlisida "O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qo`shimchalar kiritish haqida"gi qonun ma`qullandi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar O`zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo`linmalari, “O`zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O`zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublariga barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to`lashdan ozod etishni nazarda tutuvchi o`zgartishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, xorijlik mutaxassislar va ular jalb etgan futbolchilarning daromadlaridan to`lanadigan shaxsiy daromadlar uchun soliq imtiyozlari ham mavjud.

Bundan tashqari, ular O`zbekistonga olib kirilayotgan sport anjomlari va inventarlari, shuningdek, sohani qo`llab-quvvatlashga taalluqli, respublikada analoglari ishlab chiqarilmaydigan qator tovarlar uchun qo`shilgan qiymat solig`i to`lashdan ozod etildi.

Senatorlarning fikricha, mazkur Qonunning qabul qilinishi futbol klublari faoliyatini rivojlantirishga, terma jamoalar uchun o`quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga, mamlakatimizda futbol bo`yicha yirik xalqaro musobaqalarni, shu jumladan o`smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o`rtasida jahon hamda qit`a birinchiliklarini yuqori darajada tashkil etishni ta`minlashga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar