AsosiyJamiyat

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi

'“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi'ning rasmi

“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko`rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko`ra,  Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.
Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga o`tkaziladi:

2024 yil 1 yanvardan:
- Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
- Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga etmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

2024 yil 1 avgustdan:
- Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimidan alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar
va maktab-internatlar, ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o`quv-tarbiya muassasalari;
- Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.
2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi.
2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko`rsatish dasturlari bo`yicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma`lumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

2024 yil 1 yanvargacha:
- davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko`rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;
- nogironligi bo`lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo`lgan oila a`zolariga ko`maklashish bo`yicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.
- 2023 yil 1 oktyabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2023 yil 1 oktyabrdan:
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o`tkaziladi;
aholiga ko`rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta`minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo`yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko`mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko`rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko`maklar qamrab olinadi.
Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo`lgan shaxslar hamda yolg`iz keksalar holidan xabar olish, ularga g`amxo`rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar