AsosiyDunyo

Meksikada 45 qop jasad topildi

'Meksikada 45 qop jasad topildi'ning rasmi

Meksika g`arbidagi Gvadalaxara shahri chetidagi jarlikda qidiruv olib borayotgan rasmiylar inson jasadlari qoldiqlari solingan 45 ta qopni topishdi. Ular o`tgan hafta bedarak yo`qolgan etti fuqaroni qidirayotgan bo`lgan. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda. 

Qoplarda erkaklarning ham, ayollarning jasadlari qoldiqlari bo`lgan, ular necha insonga tegishli ekani hozircha aniq emas. Rasmiylar qidiruv hali yana bir necha kun davom etishini ma`lum qilishgan.

Hozirda jami jasadlar soni, ular kimlar va o`limlariga nima sabab bo`lgani kabi ma`lumotlarga aniqlik kiritimoqda. Shuningdek, g`oyib bo`lgan etti insonning qaerdaligini izlash ham davom ettiriladi.

Jasadlar qanday qilib jarlikka tashlab ketilgani noaniq bo`lsa-da, Meksikada insonlarning g`oyib bo`lishi bilan bog`liq jinoyatlar ko`p uchraydi. Hukumat rasmiy ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi paytda mamlakatda 100 000 dan ortiq odam g`oyib bo`lgan, ularning aksari uyushgan jinoiy guruhlarning qurbonlari bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar