Kecha Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit C ga qarshi “Daklatasvir” preparatining oltinchi partiyasi Toshkent xalqaro aeroportiga etib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti bemorlarini davolash uchun umumiy hajmi 17 mingdan ortiq “Daklatasvir” preparati qo`llaniladi.
Ta`kidlash joizki, O`zbekiston va Misr sog`liqni saqlash idoralari o`rtasidagi hamkorlik tufayli 2023-2024 yillarda gepatitga qarshi umumiy qiymati 4,8 million dollarlik 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) “Daclatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalari mamlakatimizga bepul etkazib beriladi.






