Surxondaryo viloyatidagi 10 ta madaniy meros ob`ektlarida dunyoning etuk arxeologiya institutlari va ilmiy markazlari olimlarini hamkorligida arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.
Shulardan biri bo`lgan «Jarqo`ton» yodgorligi 4000 yillik tarixga ega, O`zbekistonda yagona bo`lgan eng qadimgi shahar hamda O`rta Osiyodagi dastlabki sivilizasiya beshigi hisoblanadi. Hozirga qadar yodgorlikning hukmdor saroyi, O`rta Osiyoning ilk ibodatxonasi va mingdan ortiq qabrlar ochib o`rganildi.
Bugungi kunda O`zbekiston-Fransiya qo`shma ekspedisiyasida Fransiya milliy tadqiqot markazi, Termiz davlat universiteti, O`zbekiston milliy universiteti arxeolog olimlari ishtirokida qazishma ishlari olib borilmoqda.






