AsosiyJamiyat

Andijonda yurib ketayotgan Matiz to`liq yonib ketdi

'Andijonda yurib ketayotgan Matiz to`liq yonib ketdi'ning rasmi

Andijon shahrida 4 iyun kuni harakatlanib ketayotgan Matiz to`liq yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, holat 4 iyun kuni soat 18:14 larda Andijon shahar Yu.Otabekov ko`chasida sodir bo`lgan. Bo`ston tumani “Xovash” MFY Uzun ko`chasida yashovchi 1974 yilda tug`ilgan A.Ya.ning boshqaruvida bo`lgan, harakatlanib ketayotgan 2006 yilda ishlab chiqarilgan, Matiz to`liq yonib ketgan. 

Yong`in kelib chiqish sababi: elektr simini qisqa tutashuvi sabab bo`lgan. Tan jarohati olganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar