AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bo`lmaydi

'Bugun Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bo`lmaydi'ning rasmi

"O`zsuvta`minot" axborot xizmati xabar berishicha, Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko`chasi bo`ylab TXAY dan Fayzli ko`chasigacha bo`lgan hududda erusti metrosi qurilish jarayonida 5 iyun 09:00 dan 6 iyun 09:00 gacha D-1000 mm tarmoqlarini ko`chirilishi sababli ichimlik suvi vaqtincha to`xtatiladi.

Sergeli tumani bo`yicha:

“Daryo bo`yi”, «Fayzli», Jaloir”, «Qipchoq», «Sug`diyona» mahallalarida. «Rersi», «Mo``tabar», “Paxta tola”, g`isht ishlab chiqarish, keramika zavodlarida, bojxona omborida. «Sofdil» MFY G-40 mavzesi, «O`zgarish» MFY Sergeli-5 mavzesi. «Habibiy» MFY Sergeli-5 mavzesi, «Mehrigiyo» MFY Sergeli-6 mavzesi, “Yangi Sergeli” MFY Sergeli 8 mavzesi, «Ezgulik» MFY Sergeli 8a mavzesi, «Madadkor» MFY Sergeli 7 mavzesi, «Ziynat» MFY Sergeli 7 mavzesi, «Ittifoq» MFY Sergeli 2 mavzesi, «Nilufar» MFY Sergeli 2 mavzesi, «Bunyodobod» MFY, “Yangi Bunyodobod” MFY Sergeli-6 A mavzelarida.

Shu bilan birga mazkur hududdagi barcha davlat va nodavlat muassasalarda, har xil turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ob`ektlarida ham ichimlik suvi to`xtatiladi.

Yangihayot tumani bo`yicha:

«Qipchoq», «Yo`ldosh», «Al-Farg`oniy», «Viqor», «Olchazor» MFY 10-hudud, «Do`stlik», «Chortoq», «Charog`on», «Toshkent», «Ibrat», «Iqbol», «Humo», “Yangi Umid” MFY Sergeli 5A, “Yorqin hayot”, «Oriyat» 8-hudud, «Marhamat», «Gulshanobod» 9-hudud, Teri-tanosili shifoxonasi, O`likxona, Yangihayot tumani hokimiyati, Non ishlab chiqarish korxonasi, 1-sonli tug`ruq kompleksi, metall zavodi, 12-avtobus saroyi, KNS, “Grin park” bog`i.

Shu bilan birga mazkur hududdagi barcha davlat va nodavlat muassasalarda, har xil turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ob`ektlarida ham ichimlik suvi to`xtatiladi.

Ichimlik suvi vaqtincha to`xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv etkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar