AsosiyJamiyat

Samarqandda tadbirkorning 231 mln so`mlik dizel va benzinini o`zlashtirgan operator qo`lga olindi

'Samarqandda tadbirkorning 231 mln so`mlik dizel va benzinini o`zlashtirgan operator qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro F.G. “R.n.” MChJning avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchasining katta operatori vazifasida ishlab kelib, tadbirkorning 231 mln so`mlik dizel va benzin yoqilg`isini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar