AsosiyJamiyat

Koreyaga ishga ketish uchun imtihonga noqonuniy kirmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'Koreyaga ishga ketish uchun imtihonga noqonuniy kirmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro`yxatdan o`tgan fuqaro M.N. va Z.N. o`rniga boshqa fuqarolar kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolingan.

Qayd etilishicha, ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etilgan.

Shuningdek, ogoh etilishicha, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar