Erlarni o`zboshimchalik bilan egallab olishga oid holatlarning eng ko`pi Qarshi shahri va Qarshi tumanida kuzatilgan. Bu haqda Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o`tgan davri mobaynida er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu er uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 588 ta holatda 393,8 gektar er maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo`limlari tomonidan er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga 581 ta yozma ko`rsatmalar yuborilgan.
Viloyatda er qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha o`tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida er qonunbuzilish holatlarining 193 tasi 60,7 gektaridagi holatlar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.
Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallangan er maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to`g`risida 228 ta (115,4 gektar) da`vo arizalari kiritilib, shundan 65 tasi qanoatlantirilgan. 161 ta da`vo arizalari hozirgi kunda ko`rib chiqish jarayonida.
Shahar, tumanlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko`p noqonuniy egallab olish holatlari Qarshi shahrida 76 holatda 0,98 gektar, Qarshi tumanida 68 ta holatda 42,19 gektar, Koson tumanida 61 ta holatda 6,54 gektar, Yakkabog` tumanida 60 ta holatda 12,95 gektarni tashkil qiladi.
Ma`lumot uchun, Qonunchilikka ko`ra, erlarni noqonuniy egallab olish ma`muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi.






