1

Toshkent viloyatidagi Tergov bo`limida vafot etgan shaxs AQSh fuqarosimidi? Viloyat IIB marhumning shaxsiga aniqlik kiritdi

Jamiyat 05.06.2023, 23:45
Toshkent viloyatidagi Tergov bo`limida vafot etgan shaxs AQSh fuqarosimidi? Viloyat IIB marhumning shaxsiga aniqlik kiritdi

Toshkent viloyati  Bo`ka tumani IIBdagi “Fuqarolarni vaqtincha saqlash xonasi”ga joylashtirilgan fuqaro kasalxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

Ijtimoiy tarmoqlarda marhum Amerika qo`shma shtatlari fuqarosi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining Matbuot kotibi holatga aniqlik kiritdi.

Unda aytilishicha, Bo`ka tumani IIB xodimlarining qiynog`i ortidan vafot etgan fuqaro AQShlik emas! 

Ayrimlar nusxalab olingan suratni joylashtirib buni IIVning rasmiy veb-saytidagi bayonotning rus tilidagi versiyasi deb e`tirof etishmoqda.

IIVning rasmiy veb-saytida bayonotning ruscha talqini joylashtirilmagan.

Bu aslida bayonotni gugl tarjimoni orqali rus tiliga o`girilganda o`tkazib yuborilgan texnik xatolik.

U O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1