AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 27 yoshli kelinning o`ligi uyidagi molxonadan topildi

'Qashqadaryoda 27 yoshli kelinning o`ligi uyidagi molxonadan topildi'ning rasmi

Qashqadaryoda kelin uyining molxonasidan o`lik xolda topildi. Bu haqda “Millar” dasturida ma`lum qilindi.

Ma`lum qilinishicha, Koson tumani “Beshqo`tan” mahallasi yashagan, 1996 yilda tug`ilgan ayol 2 iyun kuni soat 01:30 larda uyining molxonasidagi yog`ochga ruhiyatida o`zgarish bo`lgani sababli arqon bilan o`zini osib, o`z joniga qasd qilgan. Ammo, ayolning yaqinlari u eri tomonidan o`ldirilganini aytishmoqda.

“Bir kuni kelganida, onajon, kuyovingiz meni o`ldiraman, deyapti, deb aytdi. Bolam uchta bolang bor unday qilmaydi, dedim. Kuyovingiz juda maydagap, dedi. Bolamga ishonmabman. Keyin, kuyovim o`z og`zi bilan aytdi, qizim o`zini osmoqchi bo`lgan ekan. Qizimdan so`rasam, kuyovim aldayotganini aytdi. Qizimni vahshiylarcha o`ldirgan, o`ligini tahqirlagan. Hamma erini ko`rsangiz, kallalari, lablari shiishib ketgan. Qizim bo`g`ib, vahshiylarcha o`ldirilgan”, — deydi marhumaning onasi.

Jasadni ko`rgan guvohlarning so`zlariga ko`ra, tanada ko`plab tan jarohatlari bo`lgan.

Qayd etilishicha, tuman prokuraturasi hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo`mitasi bergan xabarga ko`ra, o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida, oila notinch oilalardan emasligi, shu kunga qadar oilasi janjal bo`lmagani, mahalla faollari o`rtasida muhokama qilinmagani, marhuma mahalladagi faol xotin-qizlardan biri bo`lib, barcha tadbirlarda  faol ishtirok etib kelgan ayol ekani aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar