Qirg`iziston poytaxtida hammomlar, avtomobil yuvish va basseynlar vaqtincha yopildi, deya xabar beradi Kabar agentligi.
Shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, ichimlik suvi taqchilligi sababli mer o`rinbosari Jrgalbek Shamiraliev tegishli xizmatlar bilan birgalikda reyd o`tkazyapti.
Tekshiruv natijalariga ko`ra, ko`p miqdorda suv ishlatadigan xususiy vannalar, avtoyuvish va basseynlar vaqtincha yopildi.
Qayd etish joizki, ichimlik suvi Bishkekka 37 ta Orto-Alish va Ala-Archin er osti suv havzalaridan keladi.
Poytaxtni suv bilan ta`minlovchi asosiy manba Orto-Alish suv ombori bo`lib, ichimlik suvining 40 foizdan ortig`i undan olinadi.
2023 yil 2 iyun holatiga ko`ra, chuqurligi 160-250 metr bo`lgan 334 ta artezian quduqlaridan foydalanilyapti.
So`nggi yillarda, ayniqsa, yozda Bishkekda aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash muammosi kuchaymoqda.
Bir kishi boshiga o`rtacha suv iste`moli kuniga 170 litrdan 410 litrgacha ko`paygan, bu esa iste`mol miqdori 241 foizga oshganini bildiradi.
Suv iste`moli ortib borayotganining sabablaridan biri bog`dorchilik uchun ichimlik suvidan nazoratsiz foydalanishdir.
07.06.2023 08:20
Bishkekda suv tanqisligi sababli hammom va basseynlar vaqtincha yopildi






