AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning 4 tumanida “svet” o`chadi

'Bugun Toshkentning 4 tumanida “svet” o`chadi'ning rasmi

Bugun, 7 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Yashnobod hamda Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 17:00 ga qadar vaqtinchalik o`chirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyida elektr energiyasida uzilish bo`ladigan hududlar bilan tanishishingiz mumkin:

  • Bektemir tumani “Nurli yo`l” mahallasining Bektemir hamda Shodiyona ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Uchtepa tumani “Sharq yulduzi” mahallasining Durbek, Durbek 4-tor hamda Lochin ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud va Mahmur, “Arg`in” mahallasining Abadiyat ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Chilonzor tumani Lutfiy va Bog`iston ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o`chirildi.

    Boshqa yangiliklar