AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda VIII - IX asrlarga oid tosh minora topildi

'Qashqadaryoda VIII - IX asrlarga oid tosh minora topildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida Yakkabog` tumani Tatar tog`larida taxminan VIII - IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi borligi aniqlandi.  Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Muqanna qal`asining qurilish uslubiga o`xshash tosh minorani atroflicha o`rganish jarayonida hududda suv tegirmoni qoldiqlari va erigan metall ashyolari topildi. Bundan anglash mumkinki, mazkur obektdan ma`lum harbiy istehkom yoki ishlab chiqarishga mo`ljallangan ta`minot sifatida foydalanilgan.  

Hozirgi kunda boshqarma tomonidan yangi topilgan madaniy meros obektning tarixiy qiymatini o`rganish ishlari olib borilmoqda, olib borilgan izlanishlar natijasi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar