AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi bozorda yong`in chiqdi

'Qashqadaryodagi bozorda yong`in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 7 iyun kuni soat 11:29 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Erqo`rg`on” bozori hududida joylashgan ikki qavatli do`konning 2 qavatida yong`in sodir bo`ldi Bu haqda FVV xabar berdi.

5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 11:41 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 11:55 da o`rab olingan va saot 12:00 da o`chirilgan. Shuningdek, qo`shimcha ravishda 2 ta suv tashishga mo`ljallangan transport vositasi jalb etilgan.

Dastalki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in natijasida ikkinchi qavatda joylashgan do`konning 210 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.  

Ma`lum qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar