2 iyun kuni soat 10:10 atrofida Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida Italiya fuqarosi A.U. halok bo`ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH Oltiariq tumani "Azimobod" mahallasidan o`tuvchi 4P-148A Bog`dod-Oltiariq yo`lining 2-kilometrida sodir bo`lgan. Nexia-2 haydovchisi — Bag`dod viloyatida yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan A.A. velosiped haydab ketayotgan 67 yoshli chet ellik ayolni urib yuborgan.
Oqibatda u turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Biroq ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.






