Kecha, 6 iyun kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidan o`tuvchi temir yo`lda teplovoz va yuk mashinasi to`qnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Joriy yilning 6 iyun kuni taxminan soat 16:10 larda Kogon tumani hududidan o`tuvchi qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan poezd teplovozi Buxoro tumani Zarmanoq mahallasida yashovchi B.I. boshqaruvidagi "Chakman" rusumli yuk mashinasi bilan to`qnashib, yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
Mazkur to`qnashuv natijasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositalariga biroz texnik shikast etgan.






