AsosiyJamiyat

Toshkentning to`rtta ko`chasida jamoat transporti koridorlari joriy etiladi

'Toshkentning to`rtta ko`chasida jamoat transporti koridorlari joriy etiladi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo`lovchilar tashish faoliyati va ko`rsatilayotgan transport xizmatlarini yanada takomillashtirish to`g`risida” gi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Hujjat bilan Toshkent shahrining Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko`chalarida jamoat transporti koridorlarini joriy etish belgilanmoqda. Bunda, ushbu ko`chalarda:
- avtobuslar uchun alohida yo`laklar tashkil etiladi;
- chorrahalarda svetoforlarning muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilib, ularning geometrik parametrlarini o`zgartirish orqali samaradorligi oshiriladi;
- yo`nalishsiz taksi uchun yo`lovchilarni tushirish/chiqarish maydonchalari joriy etiladi;
- ehtiyojdan kelib chiqib, yo`l transport hodisalari tahlili asosida tartibga solingan piyodalar o`tish yo`laklari joriy qilinadi va svetoforlarni muvofiqlashtirilgan tizimga integrasiya qilish, xavfsizlik orolchalarini joriy etish ishlari olib boriladi;
jamoat transporti infratuzilmasi obektlari talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda rekonstruksiya qilinadi.
Havolaga o`tib, hujjat bilan tanishish va muhokamada ishtirok etish mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar