AsosiyJamiyat

Jizzaxdan Toshkentga qariyb 900 kg eb bo`lmaydigan go`sht sotish uchun olib kelinayotgani aniqlandi

'Jizzaxdan Toshkentga qariyb 900 kg eb bo`lmaydigan go`sht sotish uchun olib kelinayotgani aniqlandi'ning rasmi

 3 iyuniga o`tar kechasi G`allaorol tumani hududidagi YPX maskanida Qashqadaryo-Toshkent yo`nalishida shubhali harakatlanib kelayotgan Cobalt to`xtatilib, tekshirilgan.

Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi 1982 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi avtomobil salonida go`shtlar veterinariya va sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan bo`lgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi ushbu go`shtlarga oid hech bir hujjatni taqdim qilolmagan. Shuningdek, u go`shtni Qashqadaryodan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganini ma`lum qilgan.

IIO xodimlari tomonidan jami 820 kg go`sht hujjatlashtirilib, laboratoriyaga yuborilgan. Lekin, tekshiruvlardan so`ng, go`shtlar iste`molga yaroqsiz ekani aniqlangan. Shundan so`ng, ushbu go`shtlar tegishli tartibda yoqib yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar