AsosiyJamiyat

Abiturient OTMga hujjat topshirish uchun qancha to`lashi ma`lum bo`ldi

'Abiturient OTMga hujjat topshirish uchun qancha to`lashi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Bu yilgi qabul uchun abiturientlar to`lashi kerak bo`lgan miqdor 165 ming so`m etib belgilandi. Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari "Abiturient" ko`rsatuvida shu va shunga o`xshash kirish imtihonlariga oid savollarga javob berdi.

"Abiturientlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to`lov qilishadi. May oyidan BHM miqdori 330 ming so`m etib belgilangan va abiturientlar buning yarmini – 165 ming so`m miqdorida to`lov qiladi", deb ma`lumot berdi agentlik xodimi Jamshidbek Odilov.

Testda qatnashish uchun to`lov qilmaydigan abiturient toifalari ham ma`lum qilindi. Bularga:

o`qishni test o`tkazilayotgan yilda tamomlagan bitiruvchilar;
nogironligi bo`lgan abiturientlar;
mehribonlik uyi bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
"Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimida ro`yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
"Yoshlar daftari"da ro`yxatda turuvchi yoshlar kiradi.

    Boshqa yangiliklar