O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga vakolatli davlat organi sifatida bir qator vazifalar belgilanmoqda. Bu Prezident Shavkat Mirziyoevning “O`zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi ob`ektlari xavfsizligini ta`minlash tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, quyidagilar:
- muhim axborot infratuzilmasi (keyingi o`rinlarda — MAI) ob`ektlarida kiberxavfsizlikning ta`minlanganlik darajasini kuzatib borish, ularni baholash va monitoring qilish tartibini ishlab chiqish;
- raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda kiberxavfsizlikni ta`minlash hamda rivojlantirish holati ustidan nazorat va monitoring olib borishda ishtirok etish;
- o`ta muhim va toifalangan MAI ob`ektlarida kiberxavfsizlikni ta`minlash yuzasidan nazorat tadbirlarini o`tkazishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatini xabardor qilish hamda ularning natijalari to`g`risida 48 soat ichida yozma axborot kiritish;
- joriy yilning 1 oktyabriga qadar O`zbekiston Respublikasi MAI ob`ektlarining vaqtinchalik yagona davlat reestrini shakllantirish hamda MAI ob`ektlarini toifalash tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash kabilar DXX vazifasiga kiradi.






