AsosiyJamiyat

Buxoroda harakatdagi Matiz yonib ketdi

'Buxoroda harakatdagi Matiz yonib ketdi'ning rasmi

Buxoroda harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 7 iyun kuni 18:20 da Buxoro tuman “Rabotiqalmoq” MFY, Zarafshon bog`dorchilik xo`jaligi hududidan o`tuvchi ichki yo`lda xarakatlanib ketayotgan avtomobilda yong`in yuzaga kelgan. Yong`inni bartaraf etish uchun 2 ta yong`in qutqaruv avtoekipajidan foydalanilgan. Avtoekipajlar voqea joyiga 18:36 da etib borib, oradan 10 daqiqa o`tgach, yong`in batamom o`chirilgan.

Aniqlanishicha, 2003 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvida bo`lgan Matiz mashinasining divigatel, salon qismi va shinalari yonib ketgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`inning kelib chiqish sababi avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar