AsosiyJamiyat

O`zbekistonda OITS bilan kasallanganlar soni ochiqlandi

'O`zbekistonda OITS bilan kasallanganlar soni ochiqlandi'ning rasmi

2030 yilga kelib O`zbekistonda OITS kasalligi yuqishiga to`liq barham berish maqsad qilingan. Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:

Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) kasalligi bilan bugungi kunda Respublikamizda 48 mingdan ortiq shaxslar yashab kelmoqda.

Respublikamizda OIV infeksiyasiga qarshi kurashish Hukumat rahbarligida olib borilmoqda, jumladan 2018 yilda  3493 va 3800-sonli qarorlar qabul qilindi va ijrosi natijasida esa 63 ta tumanlararo OIV diagnostik laboratoriyalar OITSga qarshi kurash markazlari tasarrufiga o`tkazilib, zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlandi, har bir viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalari negizida 5 tadan 40 tagacha OIV bemorlarga xizmat ko`rsatadigan o`rinlar tashkil etildi.

So`nggi 5 yilda OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortdi.

Hukumatimiz tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80%ni tashkil etdi.

Bemorlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida 18 yoshgacha bo`lgan OIV infeksiyasiga chalingan bolalarga ijtimoiy nafaqalar berib kelinmoqda. Respublikamizda OIV infeksiyasini onadan bolaga yuqishiga barham berish uchun, har yili bemor onalardan dunyoga kelayotgan (o`rtacha 600 nafargacha) bolalarni quruq sut aralashmalari bilan uzuluksiz ta`minoti amalga oshirilmoqda. Buning natijasida 99,7% bolalar sog`lom bo`lishiga erishilmoqda.

 2030 yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun, 2025 yilga qadar “95-95-95” strategiyasiga erishish zarurligi ko`rsatib o`tilgan bo`lib, bu strategiyani amalga oshirish uchun OIVga tekshiruvlar sonini yanada oshirilishi talab etiladi. Buning uchun Respublikamizdagi OITSga qarshi kurash markazlari va tumanlararo laboratoriyalarning ham bir qismida kapital ta`mirlash ishlarini amalga oshirish lozim. “95-95-95” tamoyiliga ko`ra OIV yuqtirgan bemorlarning 95 foizi o`z statusini bilishi, bemorlarning 95 foizi maxsus terapiya bilan qamrab olinishi, bemorlarning 95 foizida virus yuklamasini past darajaga tushishiga 2025 yilgacha erishish va 2030 yilda OITS kasalligining yuqishiga barham berish maqsad qilib olingan.

    Boshqa yangiliklar