Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda rasmiy Kreml xabar bermoqda.
Unda prezidentlar Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashganlar. Vladimir Putinning ta`kidlashicha, Kiev rasmiylari o`zlarining g`arblik kuratorlari taklifiga ko`ra, harbiy harakatlar avj olish, harbiy jinoyatlar sodir etish, ochiqdan-ochiq terrorchilik usullarini qo`llash va Rossiya hududida qo`poruvchilik uyushtirishda davom etmoqda.
Putin bunga Xerson viloyatidagi Kaxovka GESini vayron qilish bo`yicha keng ko`lamli ekologik va gumanitar falokatga olib kelgan vahshiy harakatlarni misol qilib keltirgan.
Rossiya prezidenti turkiyalik hamkasbini lavozimga rasman kirishgani bilan yana bir bor tabriklab, doimiy shaxsiy muloqotni davom ettirishga kelishib olishgan.






