AsosiyJamiyat

Turkiy davlatlar tashkiloti ta`lim vazirlari Samarqandda uchrashadi

'Turkiy davlatlar tashkiloti ta`lim vazirlari Samarqandda uchrashadi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14 iyun kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo davlatlar ta`lim vazirlarining VII yig`ilishi tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirdan ko`zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti a`zo mamlakatlari o`rtasida ta`lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

Ushbu nufuzli  tadbirda O`zbekiston, Turkiya, Qirg`iziston, Ozarbayjon, Qozog`iston ta`lim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar